Xalqaro chorvachilik ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari O‘zbekistonda

Jamiyat 15:30 / 24.11.2021 5715

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining yurtimizdagi vakolatxonasi, shuningdek Xalqaro chorvachilik ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Sun'iy urug‘lantirish va naslchilik ishining huquqiy normalari bo‘yicha instruktorlar treningi dasturi” doirasida chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan texnik osemenatorlar uchun maxsus seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘tgan davr mobaynida tashkil etilgan ana shunday o‘quv-amaliy anjumanlar natijasida jami 310 nafardan ortiq texnik osemenatorlarning malakasi oshirildi.

Aholi xonadonlarida parvarishlanib kelinayotgan 220 ming boshdan ortiq qoramol sun'iy urug‘lantirilib, 180 ming bosh nasli yaxshilangan buzoq olinishiga erishildi.

Bundan tashqari, malakasi oshirilgan va sertifikatga ega bo‘lgan texnik osemenatorlar Turkiya davlatining mutaxassislaridan o‘rgangan bilim va amaliy ko‘nikmalarini boshqa mutaxassislarga “Ustoz-shogird” an'anasi asosida o‘rgatish maqsadida Qashqadaryo viloyatida “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish o‘quv amaliy markazi” tashkil etildi.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Loyiha faqatgina o‘quv-treninglardan iborat emas. Ya'ni, qoramollarni sun'iy urug‘lantirish bilan bog‘liq moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanishi ham ushbu loyihaning uzviy qismidir.

Deylik, bu yil Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining texnik osemenatorlariga 30 ta veterinariya UZI skaneri, 30 ta texnik osemenator sumkasi hamda 30 ta dyuar idishi grand tariqasida berildi.

Bugungi kunda Turkiya davlati bilan chorvachilikning boshqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish doirasida ikki davlat o‘rtasida chorvachilik mahsulotlarining tovar aylanmasini yaxshilash va tadbirkorlik sub'yektlariga, shuningdek investorlarga chorvachilik mahsulotlari savdosiga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida xalqaro veterinariya sertifikati loyihalari imzolangan.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bundan tashqari, Turkiyaning Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rtasida baliqchilik sohasini rivojlantirishda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Reklama xuquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: