O‘zbekistonda yengil zirhlangan Qalqon avtomobillarini turkum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Mudofaa sanoati majmuasi korxonalaridan birida yaratilgan Qalqon avtomobili mamlakat kuch ishlatish tuzilmalari va tegishli davlat organlari vakillaridan iborat ekspertlar guruhi tashkil etgan barcha amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
O‘zbekistonda mamlakat qurolli kuchlari uchun mo‘ljallangan yengil zirhlangan Qalqon avtomobillarini turkum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mudofaa sanoati majmuasi korxonalaridan birida yaratilgan Qalqon avtomobili mamlakat kuch ishlatish tuzilmalari va tegishli davlat organlari vakillaridan iborat ekspertlar guruhi tashkil etgan barcha amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.
«Soha mutaxassislarining konstruktorlik hujjatlari asosida «noldan» tayyorlangan «Qalqon» yengil zirhlangan avtomobilining texnik-taktik ko‘rsatkichlari o‘tkazilgan sinovlar natijasida takomillashtirildi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ekspertlar uning texnik-taktik ko‘rsatkichlari mamlakat qurolli kuchlari va xalqaro standartlar talablariga javob berishini tasdiqlagan.
Mavzuga oid

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar

19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi

19:06 / 28.07.2023