Samarqandda qarzdor ota farzandlariga qarz o‘rniga Nexia mashinasini berdi

Jamiyat 13:38 / 18.11.2021 1460

Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2019 yil 2 fevraldagi qaroriga asosan qarzdor B.T.dan undiruvchi N.Yu.ga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun daromaddan uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Qarzdor ota o‘z majburiyatini yetarli darajada bajarmagan va alimentlarni o‘z vaqtida to‘lamagan. MIB xodimlari bir necha bor unga qarzdorlik bartaraf etilmasa, avval ma'muriy, keyin jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini tushuntirgan.

Bundan xulosa chiqargan B.T. farzandlari voyaga yetguniga qadar bo‘lgan qarzdorlikni birdaniga to‘lab berish uchun aliment to‘lovi o‘rniga N.Yu.ga o‘z nomidagi Nexia mashinasini taklif qilgan.

Undiruvchi N.Yu. taklifni qabul qilgach, avtomashina uning nomiga o‘tkazib berilgan. Ijro hujjati esa tamomlangan.

Ko‘proq yangiliklar: