Organizmni shamollashdan himoya qiluvchi 10ta top mahsulot
Kasal bo‘lmaslik uchun inson o‘z iste'mol ratsioniga qanday mahsulotlarni kiritish zarur?
1. Sarimsoqpiyoz

Immun tizimini mustahkamlaydi, viruslarga qarshi kurashishda organizmga yordam beradi.
Sarimsoqpiyozning bitta bo‘lagini chaynash yoki kesish kerak. Ana shunda og‘iz bo‘shlig‘i va ichaklarni dezinfeksiyalovchi antibiotik allitsin hosil bo‘ladi.
Sarimsoq shamollashgacha va shamollagan vaqtda ham samarali: ayrim asoratlar oldini olishda yordam beradi. Buning uchun kuniga bitta bo‘lak iste'mol qilish kifoya.
2. Qizil bulg‘or qalampiri

C vitamini miqdori sitrus mevalari tarkibidagiga qaraganda ko‘proq. Immunitetni mustahkamlaydi.
3. Brokkoli

A, C, E vitaminlari manbai. Immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
4. Na'matak

cs vitamini manbai. Yallig‘lanish va infeksiyalarga qarshi ta'sirga ega.
5. Klyukva

Tarkibida A, B, C va K vitaminlari bor. Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega.
6. Asal

Organizmning kurashuvchanligini oshiradi.
7. Sabzi

Tarkibida A vitamini bor. Shamollash va infeksion kasalliklarga qarshilikni oshiradi.
8. Yogurt va kefir

Organizm mikroflorasini mustahkamlaydi, immunitetni rag‘batlantiradi.
9. Suv

Organizmning qarshiligini oshiradi, moddalar almashinuvini muvofiqlashtiradi.
10. Dengiz balig‘i va dengiz mahsulotlari

Tarkibida rux (sink) bor. Shamollashning ilk belgilari bilan kurashishga yordam beradi.
Mavzuga oid

16:45 / 10.03.2025
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?

14:12 / 22.02.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

20:26 / 05.01.2025
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng ko‘p tarqalgan O‘RVIga aylandi

15:36 / 12.12.2024