O‘zbekiston | 14:12 / 22.02.2025
9143
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar, Andijonda eng ko‘p sabzavotlar, Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan.

Foto: AP

2024 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 467,0 trln so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda quyidagi hududlar yetakchilik qildi:

  • Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (998,5 ming tonna);
  • Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1 833,7 ming tonna);
  • Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (747,6 ming tonna);
  • Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (351,5 ming tonna);
  • Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (699,9 ming tonna);
  • Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (666,1 ming tonna);
  • Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (345,9 ming tonna);
  • Samarqandda eng ko‘p – 1 456,0 ming tonna sut olingan;
  • Toshkent viloyatida eng ko‘p – 1 608,1 million dona tuxum olingan;
  • Xorazmda eng ko‘p – 33,0 ming tonna baliq ovlangan;
  • Samarqandda 1 765,8 ming bosh yirik shoxli qoramol bor;
  • Qashqadaryoda 5 109,7 ming bosh qo‘y va echkilar bor;
  • Toshkent viloyatida eng ko‘p – 57 009  bosh otlar bor;

Mavzuga oid