SSV maxsus Call-markaz ishga tushirdi. Murojaatlarning bir qismi prezidentga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkaziladi

Jamiyat 16:39 / 16.11.2021 6107

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida maxsus «Call-markaz» ishga tushirildi.

Qayd etilishicha, mazkur «Call-markaz»ning #1295 raqamlari Yangi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bog‘liq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflari uchun ishlashni boshladi.

«Bu murojaatlarning aksariyati «Call-markaz»ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkaziladi», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: