Sifatni sertifikatlashtirish hamda mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish sohasida tez-tez uchrab turadigan hodisa - bu turli jurnal va reyestrlar bo‘yicha ma'lumotlarning parchalanishi bo‘lib, bu ish samaradorligini tahlil qilishni qiyinlashtiradi. Qolaversa, hisob-kitoblar vaqtida inson mehnatining ham qo‘shilishi laboratoriya sinovlarida aniq xatolar yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
“Belcor” kompaniyasi 2018 yildan beri sertifikatlashtirish va laboratoriya ishidagi jarayonlarni avtomatlashtirishda turli tashkilotlarga o‘z xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Hozirda kompaniya “I-Test” deb nomlangan noyob dasturiy majmuasini joriy etmoqda. Mazkur loyiha mijoz-tashkilotlarda biznes jarayonlar samaradorligini oshirish imkonini yaratadi.
Endilikda ma'lumotlarni yagona bazada markazlashtirish orqali tahliliy hisobotlarni sichqonchaning birgina tugmasini bosish yordamida olish mumkin va bu o‘z navbatida ish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Bundan tashqari, barcha ma'lumot va hujjatlar to‘liq boshqaruv ostida bo‘ladi hamda har bir bosqich nazorat ostida bo‘ladi.
"I-Test" loyihasi "Kiberxavfsizlik markazi" DUK sifat sertifikatsiyasi va ekspertizasidan o‘tgan bo‘lib, mijozlar ma'lumotlarini xavfsizligi va maxfiyligini saqlashga kafolat beradi. Shuningdek, mazkur dasturiy majmua ma'lumotlarni yanada ko‘proq himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasining «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazining elektron imzosi (ERI)dan foydalanadi.
Hisob-faktura brokeri bilan integratsiya tufayli mijozlar arizasiga asoslanib, hisobot, qilingan ishlar akti yoki schet-faktura yaratishingiz mumkin. Hujjat yaratilgach, buni siz mijozga avtomatik ravishda yuborishingiz mumkin.
O‘z navbatida, mijoz siz bilan o‘zining shaxsiy kabinati orqali aloqada bo‘lib, test hisobotlari, sertifikatlash natijalari va boshqa turli foydali hujjatlarni tekshirgan holda o‘z arizalarini qoldirish imkoniga ega bo‘ladi.
"I-Test" loyihasi bilan onlayn ish jarayonlaringizni yanada osonlashtirib, muammolarsiz samarali va muvaffaqiyatli biznes hamkorlikni yo‘lga qo‘ying! Biz sizga yordam beramiz.
Murojaat uchun telefon:
Reklama huquqi asosida