Qarshidagi bank filiali shoxobchasida yong‘in yuz berdi

Jamiyat 15:16 / 14.11.2021 2154

Qarshi shahrida joylashgan bank shoxobchasida yong‘in yuz bergan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 14 oktyabr kuni soat 11:00 larda Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 101 raqami orqali I.Karimov ko‘chasida joylashgan Xalq banki filialiga qarashli kichik shoxobchada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabar olingandan so‘ng hodisa joyiga 2-yong‘in-qutqaruv qismidan 2 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni soat 11:15 larda yong‘inni to‘liq o‘chirgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Yong‘inda, bank shoxobchasining 8 metr kvadrat maydonda tom qismi va tashqi qoplamasi zarar ko‘rgan. Yong‘indan binoning 82 metr kvadrat maydoni hamda ichidagi jihozlari saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohat olmagan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, yong‘in elektr kabellarining qisqa tutashuv natijasida kelib chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: