Moskva oblastida to‘rt nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri yong‘in natijasida halok bo‘ldi - OAV

Foto: GU MChS
Moskva oblastining Solnechnogorskiy rayonidagi quruvchilar turar joyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida to‘rt nafar xorijlik ishchi halok bo‘ldi, ikki nafari jarohat oldi, deb xabar berdi Moskva oblasti prokuraturasi matbuot xizmati.
“Izvestiya”ning yozishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, barcha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar O‘zbekiston fuqarolaridir. Ular Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan binoda yashab kelishgan.
Moskva oblasti FVV matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan kunduz soat 10 yarimlarda boshlangan va besh soat ichida to‘liq o‘chirilgan.
Ushbu hodisa bo‘yicha tergov qo‘mitasi tegishli surishtiruv ishlarini boshlagan.
Mavzuga oid

10:23 / 10.03.2025
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025