“O‘rtada turganlar ham barobar gunohkor bo‘ladi” - haydovchilik guvohnomasini sotib olish haqida

Jamiyat 17:03 / 12.11.2021 7334

Kun.uz Islom dinida yo‘l haqlari, yo‘l qoidalariga amal qilishning hukmi borasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat tashkil etdi.

Haydovchilar va piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi, yo‘llardagi nosozliklar, ba'zida mas'ullarning e'tiborsizligi avariyalarga sabab bo‘layotgani Islom dinida ham qoralanadi.

Xususan, avtomaktabda o‘qish uchun hujjat topshirib, pul evaziga darslarga bormaydiganlar yoki imtihonlardan pul berib o‘tadiganlar qoidani bilmaslik oqibatida kimgadir zarar yetkazsa, uning gunohiga poraga aloqador boshqalar ham sherik bo‘ladi, deydi Kun.uz bilan suhbatda Hasanxon Yahyo Abdulmajid.

“Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Kim bizga aldov qilsa, u bizdan emas” deganlar. Shu sababli o‘qishda bo‘ladimi, hujjat ishlarida bo‘ladimi, qalbakilashtirish – shar'an nojoiz hisoblanadi. Avtomaktablarda pulga o‘qib olib, kerakli tajriba va bilimlarni olmasdan mashina minishga o‘tirsa va kimgadir talafot yetkazsa, bu haydovchining gunohiga barcha sabab bo‘lganlar sherik bo‘ladi. O‘rtada turganlar ham, pul olganlar ham barobar gunohkor bo‘ladi.

Chunki bu yerda aldov bor. Islomda aldov mumkin emas. Hatto dushmanni ham urushdan boshqa paytda aldash mumkin emas. Boz ustiga, bo‘ynida mas'uliyati bor shaxslarning bunday ishlarni qilishi umuman joiz emas”, – deydi suhbatdoshimiz.

To‘liq video:

Suhbat davomida yo‘l qoidalari amal qilish bo‘yicha shariat hukmlari, YTH ishtirokchilari, guvohlar va mas'ullarning holati, qoidabuzarlarni rasmga olib, yuborish hamda ayollar avtomobil haydashiga doir ko‘plab qiziqarli mavzular yoritib berilgan.

Farrux Absattarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.

Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertizasidan o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: