Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kadrlar genotsidi” – hokimning mahalladagi yordamchisi mojarosi haqida blogerlar nima deydi?
Hokimning mahalla fuqarolar yig‘inidagi yordamchisi lavozimiga kadrlar majburan o‘tkazilayotgani jamoatchilikning faol vakillari tomonidan norozilik bilan kutib olindi.
Kun.uz jurnalisti Shuhrat Shokirjonov mahallalarda hokim yordamchilari lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektorida ish tajribasiga ega bo‘lgan kasb egalari majburan o‘tkazilayotgani bo‘yicha holatni yoritib chiqishi ortidan blogerlar ham ushbu mavzuga e'tibor qaratdi.
Jumladan, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev holatdan hayron qolmaganini aytadi.
“Umuman olganda, bu xabardan sira hayron qolganim yo‘q. Biror yangilikni bundan boshqacharoq yo‘l bilan ijro qilish haqida o‘ylab ham ko‘rishmasa kerak. “Sen prezident siyosatiga qarshimisan” degan gaplarni ham 30 yildan buyon eshitib, ko‘nikib qoldik.
Aslida barcha erkin kasb tanlash huquqiga ega. Majburlab kimnidir boshqa ishga o‘tkazish mumkin emas. Har holda qog‘ozda shunaqa” – deydi u.
Davletov.uz telegram kanali ushbu holatni “kadrlar genotsidi” deb atagan:
“Shundoq ham davlat va jamiyat malakali kadrlarga och bo‘lib turganda, bunday “kadrlar siyosati” yaxshilik keltirmaydi. Bu bilan hech qanaqa natijaga erishilmaydi. Shundoq ham ish vaqtidan ko‘p, hatto dam olish kunlari ishlayotgani yetmayotgandek, ularni qariyb majburlab, istak-xohishiga qarshi boshqa ishga o‘tkazishni “kadrlar genotsidi”, deb baholasayam bo‘ladi”.
Otabek Bakirov o‘z sahifasida rasmiylar ushbu beboshliklarga munosabat bildirmayotganiga e'tibor qaratdi.
“...na bu ishlarning boshida turganlardan, na hukumatdan va na hokimlardan bir javob bor. Go‘yoki bu ishlar bo‘lmayapti. Go‘yoki Turkmanistonda koronavirus yo‘qdek, go‘yo O‘zbekistonda “O‘tkir iqtisodchilar”ga kadrlar genotsidi siyosati qo‘llanmayapti.
Parlament yo‘q, “Inson qadri uchun” shiori yozib qo‘yilgan kabinetlarda bo‘layotgan nojoiz ishlar bo‘yicha hukumatdan so‘rov so‘raydigan.
Sudlar yo‘q, jabrdiydalar shikoyat qilsa, haqiqatni yuzaga chiqaradigan va hokimiyat va hukumatning noqonuniy harakatlariga baho beradigan”, – deydi u.
Mehnat huquqi bilan bog‘liq masalalarni yorituvchi huquqshunos Saidali Muxtoraliyev ayni vaqtda hokim yordamchisi lavozimining o‘zi mavjud emasligini ta'kidlamoqda.
“O‘rtoqlar, hali “mahallalar bo‘yicha hokim yordamchisi” degan lavozim ochilganicha yo‘q. Hali ochilmagan va joriy qilinmagan lavozimga esa biror bir shaxsni ishga olish va lavozimga tayinlash mumkin emas. Bizda ana shu masalaga oid “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi turibdi. Loyihaning 1-bandida shunday deyilmoqda: “2022 yil 1 yanvardan boshlab respublikaning barcha tuman va shaharlarida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimi tashkil etilsin”.
Ya'ni mahalla bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimi ochilsa ham keyingi yil boshidan tashkil qilinadi. Ishga qabul qilish tadbirlari ham keyingi yildan boshlanadi. Boshqa tomondan ayrim hokimliklar hali joriy qilinmagan ish joyiga ishga olaman deb “do‘ppining o‘rniga kalla olinayotgan” bo‘lishi ham mumkin. Yana bir taxminim, hokimliklar “hokim yordamchisi” lavozimlariga hozirdan zaxira shakllantirayotgan bo‘lsa, mana shu jarayon majburlab ishga olish deb tushunilayotgan bo‘lishi ham mumkin”, – deydi huquqshunos.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oyda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvida har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha «hokim yordamchilari» lavozimlari joriy etilishi haqida ma'lum qilgan edi.
Hali bu amaliyotning normativ hujjati tasdiqlanmagan va huquqiy mexanizmi yaratilmagan bir paytda Jizzax viloyati hokimi «Mahallabay» ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni joyida taqdim etish maqsadida yangi mexanizm joriy etish to‘g‘risida»gi 82-3-0-F/21 sonli farmoyishni qabul qildi. Farmoyish bilan viloyatdagi barcha mahallalarga hokim yordamchilari tayinlab bo‘lingan. Ularning aksariyati viloyatdagi banklarda katta-kichik lavozimlarda ishlagan moliya-iqtisodchilardir.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
Mavzuga oid

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

14:24 / 04.02.2025
Toshkentda hokim yordamchisi fuqarolar nomiga kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi

00:41 / 27.01.2025
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi

17:59 / 25.01.2025