14 noyabr kuni poytaxtda Beeline Uzbekistan'ning ikkita yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Birinchi chiroyli va qulay ofis Bektemir tumanidagi Compass savdo markazida, ikkinchisi – poytaxtning Sergeli tumanidagi Avtobozor yaqinida bo‘ladi. Endi minglab abonentlar o‘z uylari yaqinida mobil xizmatlari bo‘yicha savollar bilan kompaniya mutaxassislariga murojaat qilishlari mumkin.
“Biz nafaqat shaharning eng gavjum joylari va mashhur savdo markazlarida, balki xizmat ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lgan tumanlarda ham yangi ofislarimizni ochmoqdamiz. Endilikda abonentlarimiz uchun muammolarni hal qilish, yangiliklar va amaldagi aksiyalar haqida bilish yanada oson va qulayroq bo‘ladi, – deydi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov. – Mijozlarning fikr-mulohazalari biz uchun muhim, shu orqali kompaniya ishini yaxshilaymiz. Bizning ofislarimizga keling, taassurotlaringiz va istaklaringiz bilan bo‘lishing va eng yuqori sifatli xizmatdan foydalaning!”
Beeline Uzbekistan yangi savdo ofislarida:
- SIM-kartani sotib olish yoki o‘zgartirish;
- tarifni o‘zgartirish;
- xizmatlarni ulash yoki o‘chirish;
- detalizatsiya xizmatidan foydalanish;
- balansni to‘ldirish;
- qiziqtirgan savollar bo‘yicha professional maslahat olish va yana ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin.
Yangi ofislarning ochilishi munosabati bilan kompaniya tashrif buyuruvchilar uchun ko‘plab kutilmagan sovg‘alar tayyorladi. Operator tomonidan mehmonlar uchun ko‘ngilochar dastur, qimmatbaho sovg‘alar o‘yini va ZO'R tarif rejalar qatoriga yangi ulanishda “oltin” raqamlarga 80% chegirma taqdim etiladi. Bundan tashqari, yangi ulangan abonentlar bepul bonus – 5 Gb internet-trafikli SIM-kartaga ega bo‘ladilar. Aksiya 14 noyabrda boshlanadi va 2021 yil 15 dekabrgacha davom etadi.
Compass savdo markazidagi ofisning ish vaqti:
Dushanbadan yakshanbagacha, soat 10-00 dan 22-00 gacha tushlik tanaffuzisiz.
Sergeli tumanidagi ofisning ish vaqti:
Dushanbadan yakshanbagacha, soat 9-00 dan 20-00 gacha tushlik tanaffuzisiz.
Beeline Uzbekistan savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining manzillari va ularning ish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni www.beeline.uz saytidan olishingiz mumkin.
Beeline Uzbekistan kompaniyasi haqida
Unitel MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. VEON 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega bo‘lgan telekommunikatsiya va internet xizmatlari bo‘yicha global provayderi. Uning aksiyalari NAQSAD va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan. Beeline Uzbekistan 1,6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline SB O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/uzbeelineuzb
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beelineuzbekistan
Reklama huquqi asosida