Xitoy kompaniyasi Homtruck elektr yuk mashinasini namoyish etdi

Fan-texnika 12:41 / 09.11.2021 32372

Yangi elektr yuk mashinasi Yevropa, Koreya, Yaponiya va Shimoliy Amerika bozorlariga yo‘naltiriladi, deya yozmoqda CNBC.

Homtruck metanoldagi gibrid elektr dvigatel va faqat elektr dvigatelda taqdim etiladi. Yuk mashinasida dush, hojatxona, bir kishilik karavot, muzlatgich, oshxona hududi va kir yuvish mashinasi bo‘ladi.

Elektr yuk mashinasi boshqaruvchisiz mashina haydash texnologiyasidan qisman foydalanadi. Uzoq vaqt yurish davomida mashinalar bir-biri bilan hamkorlik qilishi, xavfsiz tezlik va masofani saqlab turishi mumkin.

2026 yilga borib kompaniya avtonom boshqarish funksiyasini yaxshilashni va 2030 yilgacha esa Homtruck’ni to‘liq boshqaruvchisiz elektr yuk mashinasiga aylantirishni rejalashtirmoqda.

2017 yilda Tesla o‘z elektr yuk mashinasini namoyish etgandi. Yanvar oyida kompaniya uni ishlab chiqarish jarayonini o‘z akkumulyatorlarini ishlab chiqarish muammolari tufayli to‘xtatdi.

Ko‘proq yangiliklar: