Daimler 5 daqiqada quvvatlanuvchi elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishga va'da bermoqda

Fan-texnika 00:56 / 04.11.2017 6228

Daimler’ga qarashli Mitsubishi Fuso kompaniyasi juda tez quvvatlanish imkoniga ega bo‘lgan elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishga va'da berdi. Bu haqda Nikkei xabar bermoqda. Maxsus texnologiya 2021 yilda eCanter rusumidagi yuk mashinalarida paydo bo‘ladi va batareyalarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradi.

Yapon muhandislari nemis hamkasblari bilan birgalikda bu texnologiyani tatbiq qilishadi. Tezkor quvvatlash tizimi eCanter elektr yuk mashinasiga o‘rnatiladi. Joriy yilda bu mashinaning hamkorlarda sinovdan o‘tkazishga chorlangan cheklangan partiyasi ishlab chiqariladi. Yaqin orada bu yuk mashinasini 7-Eleven kompaniyasi va UPS kurerlik xizmati sinovidan o‘tadi. Yuk mashinasi 2019 yildan boshlab ommaviy ishlab chiqariladi.

Hozir kompaniyada bu yuk mashinalari quvvatlash texnologiyasini 2021 yilgacha takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Tijoriy yuk mashinalar uchun salt turib qolish katta summalarga aylanishi mumkin, shu sababli Daimler ularning quvvatlanish vaqtini 5 daqiqagacha kamaytirishga va'da bermoqda. Ayni vaqtda yuk mashinasi 90 daqiqada quvvatlanadi. Bu unga 100 km yo‘l bosib o‘tishiga yetadi.

Hisoblarga ko‘ra, ushbu yuk mashinasi kamida 10 yil xizmat ko‘rsatadi. Mashinaning maksimal tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi. Uning dizelda ishlovchi yuk mashinalariga nisbatan afzalligi yonilg‘i va xizmat ko‘rsatishga sarflar kamroqligidadir. Shu sababli, uning uzoq quvvatlanishi an'anaviy transportga nisbatan yagona kamchiligidir. Quvvatlash vaqtining 5 daqiqagacha kamaytirilishi esa dizel mashinalarga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Yoqilg‘i quyish shoxobchalari elektr quvvatlash shoxobchalaridan ancha ko‘pligi hisobga olinmasa.  

Biroq Mitsubishi’da vaziyat yaqin yillarda o‘zgarishiga va'da berilmoqda. Hozirdayoq yuk mashinalar egalari uchun quvvatlash stansiyalari haqidagi ma'lumotni bir joyga jamlovchi dastur yaratilmoqda. Bu dastur qayerda quvvatlanib olish mumkinligini aytadi va quvvatni tejash bo‘yicha maslahatlar berib turadi.

eCanter shaharlar ichida yurishga mo‘ljallangan ixcham yuk mashinasidir. Yaqinda Fuso 11 tonna yuk tashiy oladigan to‘laqonli elektr yuk mashinasi kontseptini taqdim qildi. Hozirda bu yuk mashinasi yaratilish bosqichida turibdi va 4 yildan keyin bozorga chiqishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: