Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tursunali Qo‘ziyev Madaniy meros agentligiga rahbar etib tayinlandi
Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi tayinlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, axborot xizmati boshlig‘i Lola Rahmonboyeva xabar berdi.

Foto: Telegram / Lola Rakhmanbaeva
Qayd etilishicha, Tursunali Qo‘ziyev 2021 yilning 5 noyabridan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi sifatida ish boshlagan.
Tursunali Qo‘ziyev 1954 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, grafik rassom, kandakor, foto san'ati ustasi. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1976) va Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini (1982) tugatgan.
U ish faoliyati davomida Respublika rassomlik bilim yurti direktori (1993—95), prezident devoni mas'ul xodimi (1995—96), madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari (1996—97), Badiiy akademiya raisi bo‘lib ishlagan. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi unvoni bilan taqdirlangan.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror qabul qilingandi.
Quyidagilar agentlikning vazifalari etib belgilandi: moddiy madaniy meros obektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish; milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish; tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish; arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish; madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan ularning O‘zbekiston hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo‘yicha sertifikat berish va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
Jamiyat | 09:07
-
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda
Jahon | 08:58
-
Bokuda O‘zbekiston va Ozarboyjon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 08:21
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
Mavzuga oid

08:25 / 24.01.2024
“Sharq” nashriyoti binolari buzilmaydi, tarixiy qiyofasi saqlab qolinadi – mas’ullar

11:37 / 17.08.2023
Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi nega ijaraga berilmoqda - Madaniy meros agentligi izoh berdi

16:50 / 21.12.2021
Sobiq madaniyat vaziri Madaniy meros agentligi rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

21:24 / 16.12.2021