«Yil imomi – 2021» tanlovining g‘oliblari aniqlandi
Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar o‘rtasida «Yil imomi – 2021» ko‘rik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar imom-xatiblar qatnashgan musobaqada 1-o‘rin Toshkent viloyati Pskent tumani «Sobirxon ota» jome masjidi imom-xatibi Sunnatilla domla Ernazarovga nasib qildi.
2-o‘ringa Jizzax shahri «Ravalliq» jome masjidi imom-xatibi Bekmuhammad domla Aliboyev, 3-o‘ringa Marg‘ilon shahri «Xudoyor hoji» jome masjidi imom-xatibi Ikromjon Tursunov munosib ko‘rildi.
Musobaqa tuman (shahar) bosqichi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi hamda respublika bosqichidan iborat. Respublika bosqichi 7 turdan iborat bo‘lib,unda imomlar 1-turda tafsir, 2-turda aqoid, 3-turda fiqh, 4-turda islom tarixi, 5-turda hadis ilmlari, 6-turda Movarounnahr allomalari hayoti va ijodiga oid savollar hamda 7-turda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlari asosida baholangan.

Shuningdek, 1-o‘rin sohibi I darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 55 baravari miqdorida pul mablag‘i, 2-o‘rin sohibi diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 45 baravari, 3-o‘rin sohibi diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid

14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi

20:00 / 28.12.2024
To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi

13:03 / 14.11.2024
«Yil imomi»ga Haj yo‘llanmasi topshirildi

22:23 / 23.04.2024