Insoniyat hamisha qulaylikka intilib keladi. Shu sabab yashashi, ishlashini osonlashtiradigan texnologiyalarga ham doimiy ehtiyoj sezaveradi. Bu ehtiyojni anglagan kompaniyalar esa odamlarga qulayliklarni birinchi bo‘lib taqdim etishga harakat qiladi. O‘zbekistonda 1998 yildan buyon faoliyat yuritayotgan «UZCASESERVICE» o‘zbek-amerika qo‘shma korxonasi ham mijozlarini kerakli vaqtda qo‘llab-quvvatlamoqda.
«UZCASESERVICE» xotirjamlik va barqarorlikni ta'minlaydi.
Paxta dalasida ishlayotgan texnikada nosozlik kelib chiqsa, uni tuzattirish uchun ketadigan vaqt dehqon uchun yo‘qotish bo‘ladi. Lekin «UZCASESERVICE» xizmati kerakli paytda beradigan yordam bilan fermerlar xotirjam ishlashlari mumkin.
«UZCASESERVICE» korxonasi Case va New Holland brendidagi jami 13 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanadi. Korxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda servis markaziga, poytaxtda esa markaziy ofis va markaziy omborxonaga ega. Markazlarda xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislar yuqori malakali, ularning har birida o‘ziga biriktirilgan servis avtomobili va maxsus anjomlari bor. Bu xodimlarga yordam kutilayotgan manzilga tezlik bilan yetib borish imkonini beradi.
«UZCASESERVICE» korxonasi xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan ehtiyot qismlarini o‘zining maxsus omborlarida saqlaydi. Bu ehtiyot qismlari ular ishlab chiqariladigan chet el korxonalaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri buyurtma qilib olib kelinadi. Sababi «UZCASESERVICE» o‘rnatib berilgan ehtiyot qismlari uchun 1 yilgacha kafolat beradi.
Avtopilot bilan ham vaqt, ham naqd tejalyapti
«UZCASESERVICE» korxonasi 2019 yildan buyon Case traktorlarida avtopilot tizimini ishga tushirgan. Jarayonlarni avtomatlashtirish orqali avtopilot bilan sezilarli tejamkorlik ham kafolatlangan.
Avtopilot bilan:
- ekinga sarflanadigan vaqt – 50 foizga;
- yonilg‘i maxsulotlari, urug‘ xarajati, kimyoviy o‘g‘itlar xarajati 15-20 foizga qisqartiradi.
- mexanizatorlar kamroq charchaydi;
- ekin sifati oshadi.
Eng muhimi esa, avtopilot hosilni yuqori olishga yordam beradi.
«UZCASESERVICE» korxonasi yer tekislash tizimlarini xam taklif qiladi. Bu tizim suv resurslaridan muqobil foydalanishga yordam beradi. Buning bilan o‘z-o‘zidan suvga sarflanadigan xarajat ham kamroq bo‘ladi.
Xodimlar malakali bo‘lishi uchun
Korxonaning o‘z o‘quv markazi bor. Bu markaz korxona xodimlarining doimiy ravishda malaka oshirib borishini ta'minlaydi. Mutaxassislar har 2 yilda attestatsiyadan o‘tkaziladi. Xodimlarning har yili malaka oshirishini ta'minlash orqali «UZCASESERVICE» texnologiyalarga kiritilayotgan o‘zgarishlar va yangiliklarni o‘tkazib yubormaydi.
Xodimlarga AQSh, Germaniya, Italiya, Avstriya, Xindiston, Xitoy kabi davlatlarda joylashgan zavodlarda malaka oshirish imkoni ham berilgan.
«UZCASESERVICE» shu tartibda o‘z mijozlariga eng zamonaviy, eng yaxshi va eng qulaylarini munosib ko‘rmoqda. Agar sizda qishloq xo‘jalik sohasida yordam kerak bo‘lsa, unda ikkilanmay «UZCASESERVICE»ni tanlayvering.
Batafsil ma'lumot:
Reklama huquqi asosida