“Farzandlarim oldiga o‘z oyog‘im bilan borish nasib qilsin” – Rossiyada qolayotgan bemorga ko‘mak zarur

Jamiyat 12:36 / 03.11.2021 5776

Jizzaxlik 33 yoshli yigit bundan 5 yil muqaddam yuz bergan avtofalokat tufayli 2-guruh nogironiga aylangan. O‘zbekistonda ham bir necha marotaba jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirgan bemorga shifokorlar xorijda o‘tkaziladigan murakkab operatsiya zarurligini aytishgan. O‘zida bor hamma imkoniyatlarini ishga solgan va yaqinlarining yordamida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga borgan oila hozir mushkul vaziyatda qolgani haqida tahririyatimizga ma'lum qilishdi.

“Turmush o‘rtog‘im 2016 yilda baxsiz hodisa sababli yura olmay qoldi. O‘shandan beri umurtqa va tos sohasidan 3 marotaba operatsiya qildirdik, ammo oyoqqa turib keta olmadi. Oyog‘ida og‘riqlar judayam kuchayib ketdi. Shifokorlar xorijda qilinadigan jarrohlik muolajasini tavsiya qilishgani uchun Rossiyaga keldik. Bu yerda o‘tkazilgan operatsiya juda og‘ir kechdi. Chunki oyoq suyaklarida yemirilish yuz bergan ekan. Bir operatsiyaning o‘zi ikki bosqichda o‘tkazildi. Keyingi operatsiyamiz taxminan 1,5 oydan keyin qilinarkan. Ungacha kerakli muolajalarni olib turar ekanmiz. 3 oy muddatda bosqichma-bosqich qilinadigan operatsiyalar sabab shu yerda ijarada yashab turibmiz. Lekin davolanish va yashash uchun umuman mablag‘imiz qolmadi. Ikki farzandimiz O‘zbekistonda, uyda qolgan. Turmush o‘rtog‘im farzandlarimning oldiga o‘z oyog‘i bilan yurib borishi nasib qilsin. Hech bir inson to‘shakka mixlanib qolmasin, xo‘jayinimning ko‘rmagan kuni qolmadi shu vaqtgacha”, deydi bemorning turmush o‘rtog‘i Maqsuda.

Sherali Qoraqulovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600060964463682 turmush o‘rtog‘i Abdurahimova Maqsuda nomida

Sberbank: 5228600575953338 Sherali Qoraqulov nomida

Musofirlikda bo‘lishning o‘zi oson emas. Dardmand va imkonsiz vaziyatda musofir yurtda qolishni tasavvur qilishning o‘zigina Sheralining ahvolini ko‘z oldimizga keltiradi. Ikki farzandi uchun yashashni, sog‘ayishni xohlayotgan otaga baholi qudrat madad bo‘laylik!

Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Montajchi — Azimjon Vohidov.

Ko‘proq yangiliklar: