AhadMix brendi Red Jolbors Markaziy Osiyo reklama festivalida sovrindor bo‘ldi

Jamiyat 15:23 / 03.11.2021 3851

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi marta Red Jolbors Markaziy Osiyo reklama festivalida yil mamlakati bo‘ldi. 2019 yilgacha shohsupani Qozog‘iston egallab kelar edi.

29 oktabr kuni Red Jolbors Markaziy Osiyo reklama festivalining mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival o‘zining 10 yillik yubileyini nishonladi, O‘zbekiston agentliklari esa uch yildan beri eng ko‘p sovrin egasi bo‘lmoqda.

AhadMix Group brendining Toshkent shahrida LED-ekranlardan nostandart foydalanishga bag‘ishlangan «Vklyuchi vodopad» ishi Red Jolbors festivalida Print & Outdoor kategoriyasida Use of Media nominatsiyasida taqdim etildi.

Ekspertlarning baholariga ko‘ra AhadMix Group brendining «Vklyuchi vodopad» keysi ushbu nominatsiya bo‘yicha yagona sovrindor bo‘ldi hamda bronzani qo‘lga kiritdi.

Bu yil festival hakamlari orasida mahalliy bozor mutaxassislari bo‘lmadi. Bu musobaqani yanada murakkabroq va hayajonliroq qildi. Hakamlar hay'ati raisi vazifasini Eduardo Markes bajardi. Eduardo — CCO Publicis Groupe Benelux vakili, 48 Kann sheri sohibi.

Festival bosh sovrini — gran prini Lokals Central Asia agentligi Made in Sergeli nomli ishi uchun oldi.

Lokals Sergeli tumani uchun foydali brending qilishni taklif qildi, bu g‘oya tuman hokimligi yordami bilan amalga oshirildi. Bu ish festivalda haqiqiy foyda keltira oladigan keys sifatida tan olindi va aynan shu xususiyati uchun eng oliy mukofotga hakamlar tomonidan loyiq deb topildi.

Foto: Red Jolbors

Coca Cola Uzbekistan yil mijozi bo‘ldi.

Shu bilan birga, bir qator o‘zbek agentliklari ham sovrinlarni qo‘lga kiritishdi, jumladan: Ma’no Branding, FCB Artgroup Tashkent, Synthesis Agency, Abstract Visuals, Division Marketing Agency, 360 Creative Agency.

Ko‘proq yangiliklar: