WSGN (global uslublar tarmog‘i) o‘tkazgan tadqiqotda 2021 yilda yoshlar madaniyatiga ta'sir ko‘rsatadigan asosiy g‘oyalar va mavzular o‘rganiladi. Tadqiqotda pandemiya yoshlarga g‘oyaviy ta'sir qilgan salbiy va ijobiy jihatlarga urg‘u berilgan.
Salbiy jihat: pandemiya davrida yoshlar iqtisodiy imkoniyatlardan mahrum bo‘ldi
Koronavirus jamiyatni tubdan larzaga keltirganidan bir yil o‘tgach, lokdaun butun dunyo bo‘ylab yosh iste'molchilarning xatti-harakatlarini psixologik va moddiy jihatdan o‘zgartirgani ma'lum bo‘ldi. 2020 yilda butun dunyo bo‘ylab yoshlar o‘zlikni shakllantirish uchun hal qiluvchi pallada iqtisodiy imkoniyatlardan mahrum bo‘lishdi, an'anaviy bosqichlarni o‘tkazib yuborishdi va munosabatlarni yo‘qotishdi.
Avlodlar kinetikasi markazi hisobotiga ko‘ra, Covid-19 boshlanganidan buyon Z avlodining 36 foizi pulni tejash, 35 foizi esa asosiy ehtiyojlari haqida o‘ylashmoqda.
Ijobiy jihat: oila va do‘stlarga yaqinlik, yangi brendlar
Bu misli ko‘rilmagan vaqt cheksiz muvaffaqiyatsizliklarga olib kelgan bo‘lsa-da, u yangi harakatlar, jamoalar va brendlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Pandemiyadan keyingi davrni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ko‘pchilik kelgusi bir necha yil ichida yoshlar yo‘qotilgan tajribani to‘ldirishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Pandemiya natijasida yoshlar yana bir bor do‘stlar va oilani qadrlashadi va muloqotga bo‘lgan chuqur ehtiyojni o‘ziga xos xususiyat sifatida qabul qilishdi.
2021 yilda yoshlar madaniyati “mikro tadbirkorlik”, jamiyatning haqiqiy ishtiroki, ijodiy tajriba va muqobil o‘rganish vositalari bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari, juda ko‘plab ko‘ngilochar mahsulotlar va onlayn o‘yinlar xaridi keskin darajada ortdi va yirik daromadli sohaga aylandi.
Shuningdek, WSGN tadqiqotida yoshlar psixologiyasiga keskin ta'sir qilgan “NTF kuchi” va “Taktil til” haqida so‘z boradi.