Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 oktabr kuni soat 5:40larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sherobod tumani Qo‘rg‘on mahallasi hududidan o‘tgan 1102-kilometrida Damas mashinasi yonib ketgan.
Sherobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 5:40da yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga yong‘in qutqaruv bo‘linmasi 5:45da yetib borgan. 5:56da yong‘in o‘chirilgan. Ammo ungacha Damas mashinasining saloni va kuzov qismi yonib ketgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Sherobod tumani Qorabog‘ mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan Damas boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng yo‘l chetidagi gaz quvuriga urilib chaqnash oqibatida yonib ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisada hech kim jabrlanmagan va vafot etmagan.