Kun.uz'da chiqqan maqoladan so‘ng ta'miri chala qoldirilgan maktabda ish boshlandi  

Jamiyat 09:41 / 30.10.2021 535

Kun.uz 15 avgust kuni foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan Xatirchi tumanidagi 45-umumta'lim maktabida qurilish-ta'mirlash ishlari qurilish firmasi tomonidan yakuniga yetkazilmay, chala holda tashlab qo‘yilgani haqida maqola e'lon qilgandi. Navoiy xalq ta'limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ta'kidlanishicha, maktabdagi holat nazoratga olingan va qurilish ishlari jadallik bilan boshlangan.

Foto: Navoiy XTB axborot xizmati

“Mazkur holat Navoiy viloyatidagi tegishli mas'ul tashkilotlar nazoratiga olinib, ayni paytda maktabning isitish tizimi tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmoqda. Ishlar jadallik bilan olib borilyapti. Holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi XTB munosabatida.

Ko‘proq yangiliklar: