Eng ko‘p moliyaviy qonunbuzilish holatlari qaysi vazirliklarda kuzatilgani ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 08:14 / 30.10.2021 58024

Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirlarda aniqlangan kamomad va o‘zlashtirishlar 83,7 mlrd so‘mni, budjet mablag‘laridan asossiz va ortiqcha to‘lovlar 457,7 mlrd so‘mni va maqsadsiz xarajatlar 187,3 mlrd so‘mni tashkil etgan. Hisobot davrida 365 mlrd so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi oldi olingan.

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Aniqlangan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning kamomadi hamda noqonuniy o‘zlashtirish holatlari (83,7 mlrd so‘m) 2020 yilning 9 oyiga (28 mlrd so‘m) nisbatan 3 martaga oshgan. 

Ushbu holatlarning asosiy qismi quyidagi vazirlik va qo‘mitalar tizimida aniqlangan:

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida - 23,3 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 13 mln so‘m);

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida - 17,2 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 3,9 mlrd so‘m);

Xalq ta'limi vazirligi tizimida - 14,4 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 15,4 mlrd so‘m);

Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida - 5,7 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 3,8 mlrd so‘m);

Madaniyat vazirligi tizimida - 2,7 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 1 mlrd so‘m); 

Turizm va sport vazirligi tizimida - 1,7 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 0,4 mlrd so‘m); 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida - 4,2 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 2 mln so‘m)

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida - 2,2 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 0,4 mlrd so‘m);     

Hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalarida - 2,5 mlrd so‘m  (2020 yil 9 oyda 1 mlrd so‘m). 

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning asossiz ortiqcha to‘lanishi, qurilish ta'mirlash ishlarida narxlarning oshirib qo‘llanilishi va bajarilmagan ish hajmlarini qo‘shib yozish, tovar moddiy qiymatliklarni qimmat narxda xarid qilish kabi 457,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu holatlar 2020 yilning 9 oyiga (101,4 mlrd so‘m) nisbatan 4,5 martaga oshgan. 

Ushbu holatlar asosan quyidagi vazirlik va qo‘mitalar tizimida aniqlangan:

Xalq ta'limi vazirligi tizimida - 61,1 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 25,4 mlrd so‘m); 

Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida - 61,1 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 6,9 mlrd so‘m);     

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida - 39,1 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 17,7 mlrd so‘m); 

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida – 27,3 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 6,3 mlrd so‘m); 

Madaniyat vazirligi tizimida - 18,4 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 2 mlrd so‘m);

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida - 10,7 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 3,6 mlrd so‘m); 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida - 7,4 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 0,8 mlrd so‘m);     

Turizm va sport vazirligi tizimida - 7,3 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 1,8 mlrd so‘m);     

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida - 7,1 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 0,4 mlrd so‘m);     

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida - 80,9 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 1,4 mlrd so‘m);     

Hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarida - 92,4 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 5,6 mlrd so‘m);

Hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalarida - 5,6 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 3,5 mlrd so‘m). 

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

3 847 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 724,1 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: