Rossiyada koronavirusning yangi turi bilan bog‘liq beshta holat qayd etildi

Jahon 19:46 / 29.10.2021 7910

Rossiyada AY.4.2 koronavirusining «delta»-shtammi bilan bog‘liq beshta holat aniqlandi. Bu haqda Rospotrebnadzor vakili Kamil Xafizov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Moskva oblastida uchta, Tataristonda ikkita holat qayd etilgan.

Xafizovning ta'kidlashicha, Rospotrebnadzor institutlari va boshqa muassasalar virus patogenining o‘zgaruvchanligini muntazam ravishda kuzatib turibdi.

Oxirgi haftalarda Rossiyada koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari keskin oshdi. Mamlakatda kecha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 40 096ta holat qayd etildi, 1 159 nafar bemor vafot etdi. Har ikki ko‘rsatkich pandemiya davri uchun rekord hisoblanadi.

28 oktyabr kuni Moskva, Moskva oblasti va yana to‘rt regionda ishlanmaydigan kunlar davri boshlandi.

Ko‘proq yangiliklar: