27 oktyabr kuni taxminan soat 00:10larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasidagi «Hosilot» mehmonxonasi yaqinida «Lasetti» rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan, 1996 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvni yo‘qotgan.
Xabarda aytilishicha, «Lasetti» yo‘l chetida to‘xtab turgan, 1964 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi «Mersedes-Bens» avtobusi bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida «Lasetti» haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruvi olib borilmoqda.