Coca-Cola'ning yangi “Haqiqiy mo‘jiza” (Real Magic) reklama konsepsiyasi oldingi “Tatib ko‘r, his et” (Taste the Feeling) shiori o‘rnini egallaydi va brendning ramziy logotipini o‘zgartiradi.
Bu yil kuzda Coca-Cola kompaniyasi “Haqiqiy mo‘jiza” (Real Magic) nomi bilan o‘z brendining yangi xalqaro reklama konsepsiyasini taqdim etdi. Yangi konsepsiya 2016 yildan beri yashab kelayotgan “Tatib ko‘r, his et” (Taste the Feeling) konsepsiyasining o‘rnini egallaydi.
“Haqiqiy mo‘jiza” hayot mo‘jizalariga e'tibor berishga, biz bilan hozir, shu yerda va ayni daqiqalarda nimalar sodir bo‘layotganini anglashga, insoniyatning o‘zigagina tegishli sehrni bayram qilishga undaydi. Bu yangi falsafaga oid birinchi televizion rolik “Bir Coca-Cola'dan boshqasigacha” deb ataladi.
Yangi konsepsiya biz yashab turgan hozirgi reallikni hisobga olgan holda odamlarni birlashtirish va ularning kayfiyatini ko‘tarish haqida Coca-Cola brendining va'dasini yangilaydi. Konsepsiya ortida 18 oylik mehnat yotibdi. Konsepsiyaga ko‘ra, agar biz birga bo‘lsak, istalgan hamma joydan mo‘jizalar topishimiz yoki istalgan biror daqiqada odatiy narsalar kutilmagan va g‘ayrioddiysiga aylanishi mumkin.
“Coca-Cola – o‘zida bir vaqtning o‘zida qarama-qarshiliklarni aks ettirgan brenddir. U oddiy, lekin ramziy, haqiqiy, shu bilan birga mo‘jizakor hamdir. Real Magic falsafasi ikkilanishlar dunyoni yanada qiziqarli qilishiga ishonishga asoslangan. Dunyo g‘ayrioddiy odamlar, kutilmagan imkoniyatlar va o‘ziga xos lahzalardan iborat. Real Magic Coca-Cola'ning mohiyatini aks ettiradi: ta'riflab bo‘lmaydigan, o‘ziga xos va sehrli ta'm”, - deydi The Coca-Cola Company kompaniyasining marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Manolo Arroyo.
“Haqiqiy mo‘jiza” Coca-Cola logotipida ham aks etadi. Brendning barcha reklama materiallarida aks etadigan logotipning uch o‘lchamli tasviri xuddi quti va shishalarni quchib turgandek ko‘rinishda bo‘ladi. Bu egik logotip shaklidagi “quchoqlash” Coca-Cola plakatlari va reklama taxtalaridagi tasvirlarning haqiqiy mo‘jiza“quchog‘i”ga aylanadi. Yangi reklama tasvirlari to‘plamini yaratish uchun kompaniya yetakchi rassomlar, fotograflar va illyustratorlarni jalb qildi. Ular kundalik hayot sehrini ko‘rishning asl prizmasidan o‘tkazib, bir tomondan universal va jamoaviy, ikkinchi tomondan esa individual va mazmunli ko‘rinishda Coca-Cola brendining barcha reklama materiallariga olib kiradilar.
“Haqiqiy mo‘jiza” – bu shunchaki shior yoki qisqa muddatli kampaniya emas. U – brendning maqsadi va falsafasini aks ettiradi hamda bir necha yillar davomida Coca-Cola tovar belgisining marketing va kommunikatsiya yo‘nalishini boshqaradi.
Real Magic haqiqiy va virtual olamni birlashtirib turuvchi “Bir Coca-Cola'dan boshqasigacha” reklama roligi bilan boshlanadi. Bu – bizni ajratib turuvchi narsalardan ko‘ra birlashtirib turuvchilari ko‘proq ekani haqida metafora.
“Haqiqiy mo‘jiza" yordamida biz iste'molchilarga ular bir vaqtning o‘zida parallel bo‘lishi mumkinligi haqidagi noyob tajribani ko‘rsatgan holda muloqot o‘rnatish niyatidamiz. “Bir Coca-Cola'dan boshqasigacha” reklama roligi esa Coca-Cola kompaniyasidan nimadir o‘zgachalik kutayotgan jamiyat uchun yaratilgan. Bu kampaniyani ishlab chiqishda biz eng yaxshi ijodkorlar, geymerlar bilan ishladik, Twitch va boshqa platformalardan foydalanib, biz oldin bilganimizdan farqli reallikda o‘zimizni topish uchun harakat qildik. Bu haqiqatan hayajonli”, - deydi Arroyo.
Reklama huquqi asosida