So‘nggi o‘n kunda Samarqand viloyatida 8 kishi is gazidan vafot etdi. Ularning 5 nafari yosh bolalar bo‘lgan

Jamiyat 18:28 / 26.10.2021 8167

So‘nggi o‘n kunda Samarqand viloyatida to‘rtta holatda 8 nafar kishi is gazidan vafot etgan. Ularning 5 nafari yosh bolalar bo‘lgan. Bu haqda Past Darg‘om tumani FVB FVDT fuqaro muhofazasi bo‘linmasi boshlig‘i Sirojiddin Abdullayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha so‘nggi o‘n kunda Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish bo‘yicha 4 holat yuz bergan va ularda 8 nafar odam vafot etgan. Vafot etganlarning 5 nafari yosh bolalar bo‘lgan. Yana bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Is gazi bilan zaharlanish holatlari o‘rganilganda ularning barchasida tabiiy gaz tarmoqlariga ulangan qo‘lbola isitish pechlarining tutun chiqarish mo‘risi tozalanmagani va ana shu holatda gaz yoqib qo‘yilib uxlangani sabab bo‘lgani aniqlangan.

Is gazi bilan zaharlanish holatlarining ikkitasida bahor va yozda qushlar uya qurib to‘ldirgan mo‘ri tozalanmagan. Bitta holatda esa mo‘riga qushlar uya qurmasligi uchun latta tiqib qo‘yilgan holatda isitish pechidan foydalanilgan.

Oqibatda ikkita mo‘rining zaharli gazlar o‘tkazuvchanligi yo‘qolgan. Bitta mo‘ri esa zaharli gazlarni tashqariga chiqarmay, xona ichiga tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: