Qashqadaryoda «Captiva» va «Neksiya-3» o‘zaro to‘qnashdi. Haydovchilar vafot etdi

Jamiyat 17:29 / 23.10.2021 2562

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida «Captiva» va «Neksiya-3» mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda har ikkala mashinaning haydovchisi vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 14 oktabr kuni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-89 Qarshi-Tolimarjon GRES avtomobil yo‘lining Qarshi tumani Mustaqillik mahallasi hududidan o‘tgan 4- kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

O‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan «Captiva» mashinasiga ro‘paradan kelayotgan «Neksiya-3» kelib urgan. Oqibatda har ikkala mashinaning haydovchilari og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra «Neksiya-3» mashinasi tezlik cheklangan joyda qoidalarni qo‘pol tarzda buzib yuqori tezlikda harakatlangan. So‘ng, o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lib qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tganida ro‘paradan kelayotgan «Captiva»ga urilgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Qarshi tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: