O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaning yetti shahrida saylov uchastkalari ochiladi

Jamiyat 22:19 / 23.10.2021 5403

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning yetti shahridagi saylov uchastkalarida respublika prezidenti saylovida ovoz berishlari mumkin. Bu haqda TASS O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga tayanib xabar berdi.

"24 oktyabr kuni soat 08:00dan 20:00gacha Moskvadagi elchixonada hamda respublikaning Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Sankt-Peterburg va Rostov-Dondagi konsullik muassasalari qoshida ochilgan saylov uchastkalarida O‘zbekiston prezidenti saylovida ovoz berish bo‘lib o‘tadi", - deb ma'lum qilgan O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi.

Ta'kidlanishicha, Rossiyaning saylov uchastkalaridan uzoqda joylashgan hududlarida yashovchi respublika fuqarolari hamda saylov kuni yashayotgan joyida bo‘la olmaydigan fuqarolar uchun 14 oktyabrdan 20 oktyabrgacha 300dan ortiq muddatidan oldin ovoz berish ko‘chma punktlari tashkil etilgan.

Elchixonaning qayd etishicha, saylov uchastkalari epidemiologik xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda faoliyat ko‘rsatadi. 

Ertaga, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: