NRG kompaniyasining takrorlanmas U-TOWER majmuasidagi xonadonning ko‘rinishi qanday?

Jamiyat 17:00 / 23.10.2021 9845

Aytishlaricha, bugungi kunda ko‘chmas mulk bozori turli xil yangi qurilgan binolar bilan tuyingan va hashamatli ko‘chmas mulk iste'molchilarini hayron qoldirish juda qiyin. Ammo NRG quruvchilari buning yo‘lini topishdi va NRG'ning eng oldi loyihasi bo‘lmish U-TOWER'ning bir qismini namuna sifatida yaratdilar.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bu yuqori darajadagi ko‘chmas mulk iste'molchilarini befarq qoldirmaydi, albatta. Gap yaqinda barpo etilgan shourum haqida ketmoqda. U nafaqat NRG U-TOWER turar joy majmuasidagi xonadonning maydoni va planirovkasining xuddi o‘zginasidir, balki NRG kompaniyasi tarixida birinchi marta fasadning barcha dekorativ elementlari bilan to‘la to‘kis qavat sifatida qurilgan. Agar ilgari mijozlarga qurilayotgan binoning tashqi ko‘rinishini va fasad materiallarini kompyuter ekranlarida namoyish etilgan bo‘lsa, endi esa NRG jamoasi o‘zining bor salohiyatini ishga solib, NRG U-TOWER shourumiga nafaqat tashrif buyurish, balki binoning fasadiga ishlatiladigan materiallar fakturasini his qilish va tashqaridan qanday ko‘rinishiga baho berish imkoniyatini yaratdi.

Turar joy majmuida yashovchilarning maksimal darajadagi qo‘layligini ta'minlashda binoning fasad qismida yuqori sifatli materiallar ishlatiladi, ular yuqori havo haroratiga chidamli bo‘lib, yozning jazirama issig‘idan, qahraton qishning sovug‘idan ishonchli himoya qilib, namgarchilikka ham bardoshli hisoblanadi. Yevropada ishlab chiqarilgan alyuminiy profilli fasad elementlari shovqinga qarshi yaxshi himoyani ta'minlaydi.

Foto: NRG Uzbekistan

Majmua qurilishi energiya samaradorligi, maksimal darajadagi qulaylik, kam harajatli va shu bilan birga ekologik xavfsizlikni ta'minlaydigan xalqaro ilg‘or standartlarga muvofiq olib borilmoqda. Loyiha BREEAM sertifikatini olish bosqichida. Butun dunyoda tanilgan BREEAM sertifikati – bu ko‘chmas mulkning a'lo sifat belgisi hisoblanib, mazkur ko‘chmas mulk barqaror rivojlanishning yuqori talablariga muvofiq ekanini anglatadi. Ushbu sertifikat atrof muhitga binoning ta'siri, suv va energiyaning harajati, ishlatilgan materiallar, interer sifati va binoning foydalanuvchilariga qulay faoliyat olib borishda naqadar shinamligi haqida baho beradi.

Shuningdek, NRG U-TOWER shourumida bo‘lajak xollning intereri, shift balandligi va yoritish elementlarini qanday ko‘rinishga ekanligini ko‘rish imkoniyati bor. NRG U-TOWER'dagi xonadonlar xudddi shunaqa yuqori sifatli panoramali derazalar va kalit talab qilmaydigan, aqlli uy tizimiga ulangan kirish eshiklari bilan o‘z egalariga topshiriladi.

*- Aqlli uy tizimini qo‘shimcha to‘lov orqali buyurtma berish mumkin.

Foto: NRG Uzbekistan

NRG U-TOWER bu yuz metrlik balandlikka ega har jihatdan takrorlanmas va noyob binodir. Uning ramziy siluetini (lotincha U harfi) hisobga olinadigan bo‘lsa, u ko‘plab ko‘zga ko‘ringan binolar bilan qurshab olinganiga qaramay, poytaxt markazida o‘ziga xos bo‘lajak me'moriy dominanta roliga da'vogar. Hashamatli va premium darajadagi NRG U-TOWER turar joy majmuasi xonadonlarining ko‘plab turli xil planirovkalari mavjud, ularda barcha yoshdagi yashovchilar  qulayligi uchun barchasi hisobga olinib, eng kichik detallargacha puxta o‘ylangan.

Majmuada yashovchilar va ularning mol-mulkining xavfsizligini ta'minlash uchun xavfsizlik xizmati kunu-tun faoliyat olib boradi, avtomobillar uchun ikki qavatli yer osti to‘xtash joyi mavjud. NRG U-TOWER hashamatli va baxtli hayot uchun ideal sharoitlarni qidirayotgan barchani hayratda qoldirishga qodir.

Foto: NRG Uzbekistan

NRG U-TOWER shourumi haqida yuqorida aytib o‘tilgan ma'lumotlarga ishonch hosil qilishni istaydigan har bir kishini mehmon qilishga tayyor. NRG U-TOWER savdo bo‘limi xodimlari shourumda ekskursiya o‘tkazishdan va majmua haqida barcha savollarga javob berishdan juda ham mamnun bo‘lishadi. Shuningdek, shourumda NRG kompaniyasining boshqa turar joy majmualari haqida ma'lumot olish mumkin.

Foto: NRG Uzbekistan

Hayratlanarli NRG U-TOWER'ga marhmat!

NRG U-TOWER shourumi va sotuv bo‘limi manzili: Toshkent shahri, Bunyodkor va Qoratosh ko‘chalarining kesishmasi.

Mo‘ljal: «Osmanli» turk restorani

Shourum lokatsiyasi

Telefon: 1060

Sayt: www.u-nrg.uz

Telegram: t.me/nrguzb

Instagram: @nrg_uzbekistan

Facebook: fb.com/nrg.uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: