Samarqandda mast holatda kasalxonada tartibsizlik qilgan shaxsga chora ko‘rildi

Jamiyat 17:36 / 21.10.2021 894

Samarqand viloyati Payariq tumanida mast holatda kasalxonada shifokor bilan tortishib huquqbuzarlik qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi.

Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 19 oktyabr kuni Payariq tumani Istiqlol mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan D.E. tuman markaziy shifoxonasiga mast holatda kelib, shu yerda davolanayotgan bemorlar hamda xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorlarning tinchligini buzib shovqin ko‘targan.

Shifokor U.X. uni tinchlantirib tartibga chaqirganda, D.E. uning egnidagi kiyimidan tortib jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidasini qasddan mensimaslikda ifodalangan xatti-harakatlar sodir etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, to‘plangan hujjatlar Payariq tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim qilingan.

2021 yil 21 oktyabr Payariq tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan fuqaro E.D. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan aybli topilib, 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 17 oktabr kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tez yordam shifokorini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Ko‘proq yangiliklar: