Musayev: Yil oxirigacha aholining katta qismi koronavirusga qarshi emlanadi

Jamiyat 19:12 / 21.10.2021 7843

Behzod Musayev keyingi besh yilda mamlakatda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan islohotlar bilan bir qatorda, koronavirusga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Koronavirusga qarshi kurashishning birdan bir oqilona yo‘li aholini emlash. Buni fuqarolarimiz ham anglab yetmoqda. Hozir qaysi poliklinikaga bormang, bir necha turdagi vaksinaning istalgani bilan bepul emlanishingiz mumkin.

Mamlakatimizda ixtiyoriy ravishda vaksina oladigan 12 yoshdan yuqori bolalardan tashqari, 21 milliondan ziyod yurtdoshimiz emlanishi ko‘zda tutilgan. Hozirgacha shulardan 60 foizi vaksinaning birinchi dozasini oldi. Yil yakunigacha vaksina oluvchi aholi qatlamining 80 foizgacha qismini emlash bilan qamrab olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu dunyo davlatlari o‘rtasida yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda SSV matbuot xizmati.

SSV ma'lumotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonga olib kelingan va mamlakat hududida ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 34 951 358 dozani tashkil qilmoqda. Shundan 24 506 587 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llangan. Jumladan, bugun mamlakatga Sinovac vaksinasining 912 000 dozalik yana bir partiyasi keltirildi.

Ko‘proq yangiliklar: