Britaniya zarbxonasi eski smartfonlardan oltin olishni boshlaydi

Jahon 08:46 / 21.10.2021 7508

Zarbxona bu maqsadda Kanadaning Excir startapi bilan shartnoma tuzgan. Unga ko‘ra, startap zarbxonaga qurilmalarning platalarini xona haroratida eritish texnologiyasini foydalanishga beradi. Bu texnologiya bilan eritish zavodlari xizmatlariga ehtiyoj qolmaydi.

Ta'kidlanishicha, zarbxona texnologiyani sinovdan o‘tkazib, 999,9 probadagi sof oltin olishga muvaffaq bo‘ldi. Excir ixtirosi boshqa turdagi qimmatbaho metallar, jumladan, palladiy, kumush va misni sanoqli soniyalarda olish imkonini ham beradi. 

Texnologiya elektronika chiqindilarini kamaytirishda yordam berishi kutilmoqda. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda tashlab yuborilgan elektron va elektr qurilmalar hajmi 57 mln tonnadan ko‘proqni tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich yil sayin ortib boraveradi.

Ko‘proq yangiliklar: