Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Moskvadagi muzokaralarda - iqtiboslar va fotosuratlar
«Tolibon» delegatsiyasi Rossiya TIV rahbariyati va mintaqaning boshqa davlatlari rasmiylari ishtirokida Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu toliblarning Afg‘onistonda hokimiyat qo‘lga olinganidan buyon ilk bor Moskvaga tashrif buyurishi bo‘ldi.
Moskva formati - 2017 yilda Rossiya vositachiligida Afg‘onistonning o‘sha vaqtdagi hukumati va toliblar vakillarini kelishtirish uchun tashkil etilgan.

Kremldagilar toliblar bilan aloqa o‘rnatilishini Afg‘onistondagi vaziyatni va «Tolibon»ning keyingi niyatlarini tushunish istagi bilan izohlagan. Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Tolibon» Rossiya hamda jahonning boshqa davlatlari tomonidan tan olinmagan bo‘lsa-da, «de-fakto toliblar Afg‘oniston hukumatini ifodalashi»ni aytib o‘tgan.
Toliblar delegatsiyasi Moskva markazidagi «Prezident-otel»da qabul qilindi.

Rossiya nomidan muzokaralarda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi. Toliblar vakillariga u «hurmatli delegatsiya» deya murojaat etdi.
Bundan oldin toliblar Moskvaga mart oyida kelishgandi. Yozda harakat Afg‘onistonda hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi, «Tolibon» jangchilari Kobul ostonasiga kelganida sobiq prezident Ashraf G‘ani mamlakatdan qochib ketgandi.

Foto: Vladislav Shatilo / RBK

Foto: Vladislav Shatilo / RBK
Rossiya ham, dunyoning boshqa mamlakatlari ham hozircha ular tomonidan tuzilgan yangi muvaqqat hukumatni tan olgani yo‘q.

Foto: Vladislav Shatilo / RBK
«Biz toliblar harakatini - bu haqda hurmatli delegatsiya bilan gaplashdik - Afg‘oniston hududidan uchinchi mamlakatlar manfaatlariga, birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlar manfaatlariga qarshi foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik liniyasiga qat'iy rioya etishga chaqiramiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari - bizning do‘stlarimiz va ittifoqchilarimiz», degan Lavrov uchrashuv avvalida.
U yangi hukumat tomonidan mamlakatda harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga hamda davlat apparatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan harakatlar kuzatilayotganini qayd etgan, uchrashuv oldidan «Tolibon» vakillari bilan Afg‘onistonda inson huquqlariga rioya etgan holda puxta o‘ylangan ijtimoiy siyosat olib borish masalalari muhokama qilinganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, jahon hamjamiyati Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natishi kerakligi, mamlakatda yangi inqiroz sodir bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘rish zarurligi ta'kidlandi. «Moskva ham yaqin vaqt ichida ushbu mamlakatga insonparvarlik yordami jo‘natadi», dedi Lavrov.

Afg‘oniston masalasi bo‘yicha «Moskva formati» yig‘ilishida toliblar hukumati xalqaro miqyosda tan olinishi masalasi ko‘tarildi. Rossiyaning Kobuldagi sobiq elchisi, ayni vaqtda Rossiya TIVning Osiyodagi ikkinchi departamenti direktori bo‘lgan Zamir Kabulov bu xususda to‘xtalib o‘tdi.
«Albatta bu mavzu ko‘tarildi, busiz bo‘lmaydi! Ammo barcha, bizning tashqi ishlar vazirimiz ham bu qanday bo‘lishini aytdi: shubhasiz, bu vaqt qachondir keladi. Ammo bu vaqt qachonki ular xalqaro hamjamiyat kutgan ishlarni bajarishganida keladi», deya uning so‘zlarini keltiradi «Interfaks».

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev toliblar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni sanadi. «Tolibon» Doha kelishuvida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishi, afg‘on jamiyatining barcha siyosiy kuchlari vakillari ishtirokida hukumat tuzilishi, inson huquqlari va ayollarning fundamental huquqlari ta'minlanishi, mamlakat hududidan boshqa davlatlarga tahdid va terrorchilik maqsadlarda foydalanilmasligi kerak», dedi u Sputnik uchun bergan intervyusida.

Afg‘on delegatsiyasi vakili - toliblar hukumatida tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘lgan Amir Xon Muttaqiy esa «Tolibon» xalqaro hamjamiyat ularni Afg‘onistonning qonuniy hukumati deb tan olishi uchun kerak bo‘lgan barcha shartlarni bajargani haqida aytdi.
«Nima uchun ular bizni rasman tan olmasligi kerak? Biz Afg‘onistonni to‘liq nazorat qilmoqdamiz va biz hukumat sifatida barcha standartlar hamda shartlarga mos kelamiz», degan Muttaqiy.

«So‘nggi 45 yil ichida ilk marta Afg‘oniston tahdidlardan xoli bo‘ldi. Biz Afg‘oniston hududi boshqa davlatlar xavfsizligiga tahdid solishda foydalanmasligini ta'minlaymiz», - deya qo‘shimcha qilgan u (iqtibos RIA Novosti agentligidan).
Muttaqiyning o‘ng tomonida toliblar hukumatida axborot va madaniyat vaziri v.b bo‘lgan Xayrulla Xayrxva o‘tirdi.



Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, «Moskva formati» ishtirokchilari BMTga donorlar konferensiyasini uyushtirish zarurligi bo‘yicha murojaat qiladi. «Biz yetilib kelayotgan gumanitar halokatning oldini olish uchun afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishimiz zarur», degan u jurnalistlarga.



Foto: Sergey Bobylev/TASS

Foto: Sputnik
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

23:39 / 03.07.2025