Asia Alliance Bank 30dan ortiq xizmatlar ko‘rsatadigan Alliance mobil ilovasini ishga tushirdi

Jamiyat 17:38 / 20.10.2021 6699

Asia Alliance Bank jamoasi 19 oktabr kuni yangi ilovasi – Alliance konsepsiyasining taqdimotini o‘tkazdi. Endi mijozlar ixtiyorida 30 dan ortiq xizmatlardan onlayn foydalanish imkoni mavjud, jumladan:

  • Shaxsni masofaviy tarzda aniqlash (masofaviy identifikatsiya);
  • Mablag‘lar o‘tkazmalari;
  • Xizmat uchun to‘lovlar va kommunal to‘lovlar;
  • Valutani ayirboshlash;
  • Hisob raqamlarni ochish va hokazo.

Taqdimot avvalida bank boshqaruv raisi Umidjon Hakimov so‘zga chiqib, bu bankning mutlaqo yangi qadami ekanini ta'kidladi.

“Bugun yangi mobil ilovamiz Alliance'ning konsepsiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ilova imkon qadar qulay va sodda bo‘lishi uchun unda biz mijozlarning barcha xohish-istaklarini mujassamlashtirishga harakat qildik. Mobil ilova mijozlar fikrlari bilan yanada takomillashtiriladi. Alliance ilovasi nafaqat bizning mijozlarimiz uchun, balki butun respublika aholisi uchun bank xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratishiga ishonamiz”, - dedi.

Alliance bir qancha bank xizmatlaridan tez va oson, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz foydalanishga imkon beradi:

  • Bank ofisiga kelmasdan O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan turib bank mijoziga aylaning. Buning uchun pasport seriyasi, raqami hamda telefoningiz old kamerasiga qarab bir necha amallarni bajarishingiz kifoya.
  • «Xizmatlar» sahifasida siz karta buyurtirishingiz, hisobraqam yoki hamyonni ochishingiz mumkin. Arizalaringiz holatini «Arizalar» funksiyasi orqali ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
  • Barcha mahsulotlaringiz «Mening mahsulotlarim» sahifasida to‘plangan. Bu yerda barcha kartalaringiz, hisobraqamlaringiz va boshqa ma'lumotlar aks ettiriladi.
  • To‘lovlar sahifasida bir tegishdayoq an'anaviy pul o‘tkazmalardan tortib, to‘lov namunalari va avtoto‘lovlargacha bo‘lgan keng doiradagi kundalik to‘lov xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
  • 600 tadan ortiq xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
  • Qarz olishni yoqtirmay, pul yig‘ishni afzal ko‘rasizmi? Ko‘nglingizga yaqin an'anaviy aqchadonni ilovaning o‘zida yaratishingiz mumkin. Turli maqsadlar uchun, jumladan, o‘qish yoki sayohat uchun, bir nechta aqchadonni yarating va ularni istaganingizcha tez to‘ldiring.
  • Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish sanalarini yodda saqlash joningizga tegdimi? Bu holda «Mening uyim» funksiyasi aynan siz uchun! U barcha davlat va kommunal xizmatlar va boshqa «uyga» doir to‘lovlarni bir joyda jamlashga imkon beradi. Shu bilan birga, mazkur funksiya orqali siz xizmat turlari bo‘yicha qarzlarni nazorat qilish va tugmani bir bosishda bir nechta xizmat turiga to‘lashingiz mumkin.
  • Pul o‘tkazmalari va boshqa xizmatlar esa komissiya to‘lovlarisiz amalga oshiriladi.

Ilova to‘g‘risida fikr-mulohazalaringizni bermoqchi yoki biror xizmat turi bo‘yicha ma'lumot olmoqchi bo‘lsangiz, Banking qo‘llab-quvvatlash markaziga chat orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, ilovada keshbek ham bor! Uyali aloqa operatorlari xizmatlari, internet, televideniye va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshirilganda – to‘lov miqdorining 1%gacha qismi sizning elektron hamyoningiz hisobiga qaytarib beriladi.

Alliance ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: Android | iOS

Alliance – yangi raqamli imkoniyatlar!

Sayt: aab.uz/uz

Telegram: @asiaalliance_bot

Instagram: @asia_alliance_bank

Facebook: fb.com/AsiaAllianceBank

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: