Shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxi 8,5 foizga qimmatlashdi

Jamiyat 08:29 / 19.10.2021 18482

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashgan.

Qayd etilishicha, shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari sentabr oyida yil boshidan buyon o‘rtacha 8,5 foizga qimmatlashgan.

Avvalroq, hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi ma'lum bo‘lgandi.

2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: