Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatida 2021 yil 18 oktyabrgacha jami 287 708 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi xorijga chiqish biometrik pasportini olgan (O‘tgan yilning shu davrida 47 654 nafar).
Ulardan:
- 271 499 nafari katta yoshdagilar (2020 yil 9 oyda 42 188 nafar);
-16 209 nafar voyaga yetmagan fuqarolar (2020 yil 9 oyda 5 466 nafar).
Qayd etilishicha, viloyat bo‘yicha 71 376 nafar fuqaroga identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berilgan (2020 yil 9 oyda 127 391 nafar).
Joriy yil 18 oktyabrgacha 483 nafar shaxsning tan olish bo‘yicha hujjatlari qabul qilingan. (2020 yil 9 oyida 358 nafar) Shulardan, 361 nafariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan (2020 yil 9 oyida 208 nafar). 122 nafarining hujjatlari o‘rganib chiqilmoqda.
Bugungi kunga jami 1 540 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan.
2021 yil 18 oktyabrgacha 12 581 nafar xorijiy fuqaro vaqtincha ro‘yxatga qo‘yilgan. Shuningdek, 1 215 nafar vaqtincha yashayotgan xorijiy fuqarolarning viza muddatlari uzaytirib berilgan (2020 yil 9 oyida 488 nafar).