Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy universitet huzuridagi Yarim o‘tkazgichlar fizikasi instituti faoliyati kuchaytiriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika sanoatini rivojlantirish, yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet huzuridagi Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilandi.

Foto: Unsplash
Quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli kompleks dastur tasdiqlandi:
muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro- va nanoelektronikani rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
ilm-fan va ta'lim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, yoshlarni ilm-fanga jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash;
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, yangi ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga ko‘maklashuvchi tuzilmalarni tashkil etish.
Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida:
«Yarimo‘tkazgichlar materialshunosligi» laboratoriyasi negizida «Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi» laboratoriyasi;
«Geliofizika va muqobil energiya manbalari» laboratoriyasi negizida «Muqobil energiya manbalari» laboratoriyasi;
«Yadro-fizikaviy tadqiqotlar» laboratoriyasi negizida «Yadro fizikaviy tadqiqot metodlari» laboratoriyasi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, hujjat bilan Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi tasdiqlandi. Institut tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yarim o‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi oliy ta'lim muassasalararo konstruktorlik-tajriba byurosiga ega bo‘lgan Mikroelektronika ilmiy-innovatsion markazi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42
-
Yangi formatdagi klublar mundialining plyus va minuslari
Sport | 21:42
-
Zelenskiy va Kellog Ukraina uchun qurol xarid qilish masalasini muhokama qildi
Jahon | 21:38
-
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi
Jahon | 21:34
Mavzuga oid

16:38 / 27.02.2022
Tayvandagi kompaniya Rossiyaga yarimo‘tkazgich yetkazib berishni to‘xtatdi

17:29 / 30.05.2018
O‘zbekistonda necha foiz kompaniya muqobil energetikadan foydalanadi?

11:45 / 09.06.2017