Quyosh va shamol gaz va ko‘mirga qarshi: Britaniyada muqobil energiya ko‘proq ishlab chiqildi

Iqtisodiyot 11:45 / 09.06.2017 5057

7 iyun kuni Buyuk Britaniyada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqilgan elektr quvvati mamlakat tarixida ilk marta an'anaviy manbalarga qaraganda ko‘proq elektrenergiyasi ishlab chiqdi. Bunda, quyosh, suv, shamol, biomassa va yog‘ochda ishlaydigan stansiyalarda ishlab chiqarilgan energiya gaz va ko‘mirda ishlaydigan stansiyalar quvvatiga qiyoslangan. Bu haqda BBC telekanali xabar qilmoqda.  

National Grid elektr energiyasi milliy operatoriga ko‘ra, muqobil manbalar 7 iyun tushki soat birlarda 18,7 gVt energiya yetkazib bergan. Bu umumiy ko‘rsatkichning yarmidan oshiqrog‘idir. Agar bunga yadro energiyasi ham qo‘shilsa, umumiy quvvatning 70 foizga yaqinini tashkil etadi. Qolgani gaz va ko‘mir elektrstansiyalariga tegishli. 

Shamol elektrstansiyalarida (ShES) 9,5 gVt, AESda 8,2 gVt, quyosh elektrstansiyalarida (QES) — 7,3 gVt ishlab chiqarilgan. Bunda gaz elektrstansiyalari 7,2 gVt ishlab chiqqan bo‘lsa, ko‘mir yoqiladigan elektrstansiyalar shu vaqtga qadar ishlamagan. Umuman, 13,5 million uy va xonadon elektrenergiyasi bilan ta'minlangan. 

The Guardian gazetasiningyozishicha, 6 va 7 iyun kunlari Shimoliy Yevropada kuchli shamol kuzatilgan, buning natijasida ShESlar rekord darajada elektr energiyasi ishlab chiqqan. Nashrga ko‘ra, Germaniya va Buyuk Britaniyada shamol stansiyalari tobora ko‘payib borayotgani sababli, elektroenergiyasi narxi arzonlasha boshlagan. 

Shu bilan birga, 8 iyun kuni gaz stansiyalari mamlakatda ishlab chiqarilgan energiyaning 43 foizini, AESlar 24 foizini, ShESlar 11 foizga yaqinini ishlab chiqqan. 

Ko‘proq yangiliklar: