Toshkentda 737 mln so‘mlik “svet”dan o‘zboshimchalik bilan foydalangan MChJ aniqlandi
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Toshkent shahridagi qurilish maydonida elektr energiyasidan o‘zboshimchalik bilan foydalangan MChJ aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Uchtepa tumanida faoliyat yuritayotgan “B.D.” MChJ mas’ullari qurilish maydonidagi elektr qurilmalarini shartnomalarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 737,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

08:57 / 28.02.2025
Toshkentda 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

09:20 / 12.02.2025
644 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

07:51 / 07.02.2025
Yanvarda qariyb 18 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

23:37 / 14.01.2025