Katta inspektor-psixologlar va ularga doir vakolat ichki ishlardan MGga o‘tkazilmoqda
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

Foto: Kun.uz
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga doir vakolatlarini Milliy gvardiya organlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Milliy gvardiyaning bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining:
- ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi;
- bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik;
- jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilganlik;
- voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlarini mustahkamlovchi o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid

10:57 / 20.01.2025
Navoiyda inspektor 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

15:27 / 11.01.2025
Ekologiya nazorati inspektorlari maxsus xizmat quroli bilan ta’minlanadi

10:40 / 06.11.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

12:08 / 12.09.2024