Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvandagi kompaniya Rossiyaga yarimo‘tkazgich yetkazib berishni to‘xtatdi
Yarimo‘tkazgichlarning dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Tayvanning TSMC kompaniyasi AQSh tomonidan qo‘llangan sanksiyalar tufayli Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni to‘xtatgan.

Foto: Reuters
Kompyuter chiplarining dunyo industriyasi, jumladan Tayvanning yirik TSMC kompaniyasi Rossiyaga yarimo‘tkazgichlarni yetkazib berishni to‘xtatdi. Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida AQSh tomonidan Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalardan keyin kompaniya shunday qarorga kelgan.
TSMC sanksiya qoidalarini o‘rganib chiqqunga qadar Rossiyaga, shuningdek, bu mamlakatga mahsulot yetkazib beradigan uchinchi davlatlarga ham mikrochip eksportini to‘xtatgan. Kompaniya «eksport nazorati bo‘yicha joriy etilgan yangi qoidalarga amal qilishga to‘liq moyilligini» bildirgan.
Maltaning GlobalFoundries kompaniyasi, shuningdek, Amerikaning Intel kompaniyasi ham «yangi eksport qoidalari va sanksiyalariga amal qilishini», Rossiyaga nisbatan qo‘llangan yangi eksport nazoratiga bo‘ysunishini bildirgan.
Rossiya iqtisodiyoti yarimo‘tkazgichlar eksportiga qattiq bog‘langan, chunki maishiy elektronika yoki yuqori texnologik tovarlar uchun mo‘ljallangan mikrochiplarni ishlab chiqarmaydi. Bu sohada Tayvan, Janubiy Koreya, AQSh, Yevropa va Yaponiya yetakchilik qiladi.
TSMC kompaniyasi Rossiyaning «Elbrus» yarimo‘tkazgichlarini ham ishlab chiqarish va yetkazib berishni to‘xtatgan. Ushbu mikrochiplar rossiyalik harbiylar va xavfsizlik xizmatlari tomonidan ba’zi texnikalarda qo‘llaniladi. Shuningdek, Rossiya hukumati yirik mahalliy kompaniyalar va banklarni o‘z kompyuterlarida «Elbrus» chiplaridan foydalanishga undab kelmoqda.
Elektronika bo‘yicha Janes eksperti Kostas Tigkos so‘zlariga ko‘ra, TSMC bilan hamkorlikning to‘xtatilishi Rossiya iqtisodiyoti uchun «vayronkor» bo‘lishi, zavod va fabrikalarning to‘xtab qolishiga, ishsizlar sonining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
AQSh savdo vazirining sanoat va xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Tea D. Rozman Kendler so‘zlariga ko‘ra, eksport nazorati Rossiyaning harbiy salohiyatini pasaytirishga qaratilgan.
«Ushbu eksport nazorati orqali ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz bilan Rossiyani texnologik jihatdan yakkalab, harbiy salohiyatini pasaytiramiz.
Rossiyaning AQSh va hamkor mamlakatlar ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini cheklaymiz. Natijada uning harbiy-sanoat majmuasi, harbiylari va razvedka xizmatlari g‘arbda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ko‘p qismini xarid qila olmaydi», dedi u.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025