UzAuto Motors: kompaniya Yuqori Chirchiq tumanida yoshlar markazi qurilishi loyihasini yakuniga yetkazdi

Jamiyat 15:30 / 17.10.2021 14050

Ultrazamonaviy majmua O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va AKTni rivojlantirish loyihalari doirasida «O‘zavtosanoat» tashabbusi bilan amalga oshirildi. Loyiha 3,5 gektar hududda 8500 kvadrat metr maydonga ega binodan iborat kompleksning konsepsiyasi, dizayni va qurilishini o‘z ichiga olgan.

Eng yangi texnik talablar asosida jihozlangan yoshlar markazidan samarali foydalanish uchun «O‘zavtosanoat» kompaniyasi Botir Orifjonovni jalb qildi (LeBazar, Paynet asoschisi, Khan Academy Uzbek rahbari), uning rahbarligi ostida Astrum IT-akademiyasi tashkil etildi.

«Men ushbu loyihani amalga oshirishda UzAuto'ning qo‘llab-quvvatlashidan chin dildan xursandman. Kompaniya dastlabki kunlardan boshlab mavjud resurslardan to‘g‘ri foydalanish uchun yaxshi suyanchiqqa aylandi va men ishonamanki, bu bizning yoshlar va axborot texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorligimizning faqat boshlanishidir», - dedi Botir Orifjonov.

Akademiyaning uch qavatli binosi zamonaviy talablarga javob beruvchi 1000 dan ortiq kuchli kompyuterlar bilan jihozlangan. Dastur doirasida talabalarga dasturlashni o‘rgatish, shuningdek, ularning bu yo‘nalishda keyingi ishga joylashishi ham nazarda tutilgan. Shunday qilib, o‘qitish va ishlab chiqarishni birlashtirgan klaster tashkil etish rejalashtirilgan. Talabalarning yutuqlari sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida baholanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: