Ma'lum qilinishicha, joriy yil 13 oktabr kuni soat 19:30larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani Pachkamar mahallasi hududidan o‘tgan 1252-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Tojikiston Respublikasiga tegishli «Mercedes Benz» rusumli yuk mashinasi «Ij» rusumli mototsikl bilan to‘qnashgan. Oqibatda mototsikl haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, yuk mashinasi haydovchisi tik nishablikni hisobga olmasdan o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu paytda qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan mototsikl unga urilgan.