Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilindi

Jamiyat 10:24 / 17.10.2021 9269

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanidagi maktabda o‘quvchilar dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mehnat vazirligi xabar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra o‘quvchilarning ishlatilgani tasdiqlangan.

Ma'lum qilinishicha, Qarshi tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 45-maktabda o‘quvchilarning majburiy ishlatilgani holati Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish davomida Qarshi tumanida joylashgan 45-maktab o‘quvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani holatlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: