Yetim bolalarni ijtimoiy himoyalashda tizimli ishlash uchun «Mehr daftari» joriy etiladi

O‘zbekiston 20:56 / 16.10.2021 3980

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan qaror loyihasiga ko‘ra, u prezidentning «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5215-sonli, «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5216-son qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilinadi.

Shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, shuningdek tarbiyalanuvchilar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish ham maqsad qilingan.

Qaror bilan «Mehr daftari» tizimi bilan ishlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

«Mehr daftari» – yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish va hal etish, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarni rag‘batlantirish, ularning ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lishi sabablarini chuqur o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizim.

«Mehr daftari»ga quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bolalar kiritiladi:

  • XTV tizimidagi «Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 3 yoshdan boshlab – majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'limni tamomlagunga qadar bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
  • SSV tizimidagi Bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
Ko‘proq yangiliklar: