Cobalt 19 yoshli velosipedchini urib ketdi. Yigit voqea joyida halok bo‘ldi

Jamiyat 17:21 / 15.10.2021 2447

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 11 oktabr kuni soat 17:30larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-56 Oqtosh — Cho‘ya avtomobil yo‘lining Mang‘it mahallasi hududidan o‘tgan 11-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Navoiy shahrida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi M.J. o‘z boshqaruvidagi Cobalt mashinasi bilan Mang‘it mahallasi hududidan harakatlanib borayotib yo‘lning qatnov qismida velosipedi bilan yotgan shu mahallada yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan O.U.ni urib yuborgan. Oqibatda O.U. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Narpay tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyat YHXB axborot xizmati

Ta'kidlanishicha, joriy yil 13 oktabr kuni Mang‘it mahallasida joylashgan 50-maktabda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda Narpay tuman IIB va YHXB mas'ullari, mahalla ahli ishtirok etgan. Yig‘ilishda mutasaddilar tomonidan haydovchilarga yo‘llarda harakatlanishda e'tiborli bo‘lishlari, spirtli ichimlik iste'mol qilganda mashina boshqarmasliklari, qoidalarni buzmasdan harakatlanishlari lozimligi uqtirilgan. Piyodalar va velosipedda harakatlanadiganlarga ko‘chani kesib o‘tishda hushyor bo‘lishlari, yo‘l chetidan ehtiyot bo‘lib yurishlari, ota-onalar esa yosh bolalarni qarovsiz qoldirmasliklari ta'kidlab o‘tilgan.

Ko‘proq yangiliklar: