Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi
Tashkent City bog‘iga kirish 14 oktyabrdan bepul bo‘ldi. Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno.

Foto: Kun.uz
14 oktabr kunidan Tashkent City bog‘i hududiga kirish bepul bo‘ldi. Bu haqda bog‘ ma'muriyati xabar berdi.
«Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno», deyiladi xabarda.
Tashkent City'ga kirish 2020 yil 17 dekabrdan boshlab pulli qilingan, o‘shanda bu tartib faqat bayram kunlari uchun ekani aytilgandi.
Keyinroq, Kun.uz'ga izoh bergan Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi rahbari Bahrom Rizayev bog‘ga kirishning pulli rejimi hozircha bir oy uchun mo‘ljallaganini, keyinchalik natijasiga qarab ish tutilishini bildirgan.
Yanvar oyida esa pulli kirish 31 martgacha davom etishi belgilangandi, lekin yana keyingi 8 oy davomida ham odamlar bog‘ hududiga pul to‘lab kirib kelishdi.
Mavzuga oid

19:10 / 25.12.2024
Tashkent City bog‘ida 10 yanvargacha avtomobillar harakati cheklanadi

07:53 / 16.10.2021
Tashkent City’dagi bog‘ xususiylashtiriladi

12:45 / 18.08.2021
Tashkent City hududiga kirish pulli ekani konstitutsiyaviy tamoyillarga zid - XDP

16:42 / 13.07.2021