2025 yil 10 yanvarga qadar Tashkent City bog‘i ichida, jumladan, O‘qchi, Yangi Toshkent, Zargar ko‘chalarida transport vositalarining harakatlanishiga cheklov kiritiladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent City bog‘ida 2024 yil 25 dekabrdan boshlab Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanishlari so‘ralmoqda.
Shuningdek, Tashkent City bog‘iga tashrif buyuruvchilar Islom Karimov ko‘chasi orqali SQB va Asaka banklari yerosti avtoturarhohlariga, Furqat ko‘chasi orqali Boulevard aholi turar joy kompleksining yer osti turargohiga, Botir Zokirov va Zargar ko‘chalari orqali Tashkent City Mall ko‘ngilochar savdo majmuasining yerosti avtoturargohiga o‘z avtomashinalarini qo‘yishlari mumkin.
«Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholi va mehmonlardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.