Qarshi shahrida qum ortib ketayotgan yuk mashinasi yengil mashinalar bilan to‘qnashib ag‘darilib ketdi

Jamiyat 16:48 / 14.10.2021 2377

Qarshi shahrida qum ortib ketayotgan yuk mashinasi ikkita yengil mashina bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 14 oktabr kuni soat 10:30 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-79 avtomobil yo‘lining Qarshi shahri hududidan o‘tuvchi 5-kilometrida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi J.Z. boshqaruvidagi Howo rusumli yuk mashinasi hamda haydovchi E.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia va haydovchi X.M. boshqaruvidagi Spark mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda Howo rusumli yuk mashinasi ag‘darilib ketgan va yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Shuningdek, Nexia va Spark mashinalari ham shikastlangan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: